Biz kimmiz?
InoBiba Koreya va Özbekiston örtasida til, taʼlim va madaniyat sohalarida bilim va tajriba almaşinuvini rivojlantirişga qaratilgan mustaqil onlayn platformadir.
Maqsadimiz ikki mamlakat haqidagi bilimlarni kengroq auditoriyaga yetkaziş, til örganiş imkoniyatlarini yaratiş va madaniyatlararo özaro tuşunişni mustahkamlaşdir.
Kimlar uçun?
- Koreyada öqiş va koreys tilini örganişni istaganlar uçun. Koreyada taʼlim oliş, yaşaş va koreys tilini örganişga oid maʼlumotlar özbek tilida sodda va tuşunarli tarzda taqdim etiladi.
- Özbek tilini örganmoqçi bölganlar uçun. Özbek tili darslari koreys va ingliz tillarida tuşuntiriladi.
- Koreyada ulğayayotgan özbek bolalari va ularning oilalari uçun. Ona tilini saqlaş, örganiş va rivojlantirişga yordam beruvçi maxsus darslar taqdim etiladi.
Nimalarni taklif etamiz?
- Koreys tili: Hangul alifbosidan TOPIK imtihonigaça bosqiçma-bosqiç darslar.
- Koreyada taʼlim: Universitetlar, vizalar, stipendiyalar, öqişga kiriş talablari va ariza topşiriş jarayonlari haqida amaliy maʼlumotlar.
- Koreyada hayot: Koreys madaniyati, kundalik turmuş tarzi, mahalliy anʼanalar va sayohatga oid materiallar.
- Özbek tili: Koreys va ingliz tillari orqali özbek tilini örganişga möljallangan darslar.
- Özbekistonni kaşf eting: Özbekistonning tili, madaniyati, tarixi va zamonaviy hayoti haqida maʼlumotlar.
IMID Notes
IMID Notes InoBiba tarkibidagi alohida bölim bölib, Koreyadagi kundalik hayot, madaniy farqlar, farzand tarbiyasi va şaxsiy kuzatuvlarga bağişlangan ingliz tilidagi maqolalarni öz içiga oladi.
Şuningdek, uşbu bölimda Koreyada ulğayayotgan özbek bolalarining ona tilini rivojlantirişga möljallangan «Ona tilim: 50 qadam» nomli darslar turkumi ham örin olgan.
Tamoyillarimiz
- Işonçlilik. Maʼlumotlarni imkon qadar rasmiy va işonçli manbalarga tayanib tayyorlaymiz.
- Xolislik. Mavzularni aniq, tuşunarli va xolis yoritişga intilamiz.
- Özaro hurmat. Turli tillar, madaniyatlar va qadriyatlarga hurmat bilan yondaşamiz.
- Oçiqlik. Asosiy taʼlim materiallarini bepul taqdim etişga intilamiz.
Eslatma: InoBiba mustaqil axborot va taʼlim platformasi bölib, davlat organi, universitet yoki rasmiy vakolatxona hisoblanmaydi. Saytdagi maʼlumotlar umumiy axborot va taʼlim maqsadlarida taqdim etiladi. Muhim qarorlar qabul qilişdan oldin tegişli rasmiy manbalardagi eng sönggi maʼlumotlarni tekşiriş tavsiya etiladi.